Farg‘ona YuNESKOning global ta’lim shaharlari tarmog‘iga kiritildi

Farg‘ona YuNESKOning global ta’lim shaharlari tarmog‘iga kiritildi

Foto: Uzbekistan.travel

23 sentyabr, chorshanba kuni Farg‘ona shahri YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘i (GTShT) ga qabul qilindi. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda. 

Farg‘onaning nomzodi YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi tomonidan tavsiya etildi va tarmoqqa qo‘shilish to‘g‘risida qaror Parijda qabul qilindi.

Ushbu shaharlar mahalliy darajada hayotiy o‘qitish haqiqat bo‘lishi mumkinligiga ajoyib misoldir. Ular hayot davomida o‘qitishning samarali siyosati va amaliyoti inklyuziv, xavfsiz va barqaror shaharlarning rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkinligini isbotlaydilar.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona bugungi kunda ushbu global tuzilmagaga kiritilgan Markaziy Osiyodagi yagona shaharga aylandi.

YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘i - bu bilim, ko‘nikma va ilg‘or tajribalarni almashish uchun yaratilgan xalqaro tashkilot. Ayni paytda ushbu tuzilmaga dunyoning 64 mamlakatidan 230 ta shahar a’zo. YuNESKO GTShT - bu butun umr davomida ta’lim olish bo‘yicha global vakolatlarga ega bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining yagona tashkiloti.