Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada 20 yoshli yigit pichoqlanib o‘ldirildi
5.01.2022 17:51,  
404

Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 03:30 larda 20 yoshli K.K. o‘zining to‘rt nafar tanishi bilan birga M.N. boshqaruvidagi Cobalt’ga o‘tirib, uning uyi tomon harakatlanishgan.

Shu payt, ko‘cha boshida harakatsiz turgan Gentra va Nexia-3 avtomashinalarni ko‘rishgan.

Ularning yonida turgan 23 yoshli M.A. va uning sheriklariga avtomashinalariga yo‘l berishlarini so‘rashgan vaqtida og‘zaki janjallashib qolishgan.

Janjal davomida M.A. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan K.K.ning ko‘krak sohasiga bir marta urib, sheriklari bilan avtomashinalariga o‘tirib, hodisa joyidan qochib ketishgan. K.K. esa, olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Tergov departamentining xabar qilishcha, mazkur holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан