Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada 200 kg ko‘knori va marixuana qo‘lga olindi
15.05.2020 21:22,  
878

Farg‘ona viloyatida Ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda “Qora dori - 2020” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

2020 yilning 1-15 may kunlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jami 50 dan ortiq holatlar qayd etilib, ular giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash va o‘tkazish, kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish hamda taqiqlangan ekinlarni ekish va yetishtirishni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 30 dan ortiq holatda 20.000 tupdan ko‘p bo‘lgan “ko‘knori” va “nasha” giyohvandlik o‘simliklari qonunga xilof ravishda parvarishlanayotganligi aniqlanib, yo‘q qilish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, tadbir davomida “ko‘knori”, “marixuana” va kuchli ta’sir qiluvchi jami 200 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari olindi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан