Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada 5 yoshli qizchani o‘ldirib, ichki a’zolari olib ketilganmi? IIB voqeaga oydinlik kiritdi
7.10.2021 09:00,  
1247

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Oltiariq tumanida 5 yoshli qizchani o‘ldirib, ichki a’zolari olib ketilganligi haqida audioxabar va fotosurat tarqaldi.

Farg‘ona viloyati IIB mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hududida yuqoridagi audioxabarda keltirilgan holat sodir etilmagan. Hozirda asossiz yolg‘on axborot tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Fuqarolarimizdan bunday asoslanmagan ma’lumotlar ta’sirida qo‘rquv va sarosimaga tushmasliklarini so‘raymiz.

Shu o‘rinda, ayrim hamyurtlarimiz uchun shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga, jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotlarni tarqatganlik uchun qonunlarimizda javobgarlik belgilanganligini esatib o‘tamiz.

Yuqoridagi ovozli xabar ham odamlar orasida vahima va sarosima uyg‘otishga, huquq-tartibot organlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan yolg‘on axborot ekanligini unutmang.

Ogoh bo‘ling. Har qanday xabar va yangiliklarni rasmiy veb-saytlardan hamda telegram kanallaridan olishga harakat qiling!" - deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан