Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada 9 yoshli qizning boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlandi
20.04.2021 17:43,  
937

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 14 aprel kuni 9 yoshli qizning boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 aprel kuni Buvayda tumani Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Maslahat mahallasi hududidan oqib o‘tgan Oyimtarra kanaliga 9 yoshli qiz noma’lum ayol tomonidan urib, tashlab yuborilganligi haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, fuqaro M.Ye. turmush o‘rtog‘i B.Y. bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqaro M.J.dan rashk qilgan.

Kundoshidan o‘ch olish maqsadida uning 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni 14 aprel kuni maktabdan aldab, Oyimtarra kanali yaqiniga olib kelib, qasddan o‘ldirish maqsadida noma’lum jism bilan uning bosh sohasiga urib, kanalga tashlab yuborgan.

Ushbu holatni ko‘rib qolgan Buvayda tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan Sh.Ya. F.F.ni kanaldan qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.

Holat yuzasidan Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Ye.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktab o‘quvchisi Sh.Ya.ga jasorati uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан