Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada amaldorlar 1 kilogrammga ozsa 500 ming so‘mdan oladi
20.12.2021 19:23,  
120

Farg‘onada amaldorlar va fuqarolar ozishsa 500 ming so‘mdan pul beriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi o‘ttiz sakkizinchi sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ma’lum qildi.

Uning ta’kidicha, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida yangi tartib ishlab chiqilgan. Bu Farg‘ona tajribasi bo‘lib, Respublika miqyosida qo‘llanilishi mumkin.

“Agar bir amaldor 1 kilogrammga ozsa har ozgan kilosiga 500 mingdan oladi. 5 kilogrammga ozsa 2 million 500 ming so‘m oladi degani”, - deydi Xayrullo Bozorov.

Buning uchun ular joylardagi poliklinikalarga boradi va ro‘yxatdan o‘tadi. Kun ora og‘irligini o‘lchatib turadi. Ushbu qoida oddiy xalq vakillariga ham qo‘llanilib, ular ham birdek ushbu summalarni oladi. Viloyatda boshqa sport turlari qatorida futbolni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Buning uchun kelgusi yilda 50 ta futbol klublari tashkil etiladi.

“Aholini keng ko‘lamda madaniy va sport tadbirlariga jalb etish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish masalasiga o‘rgatish kerak, – deydi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov aholiga murojaatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан