Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada «Aqlli bekat» loyiha hujjatlarini tayyorlab berish uchun pora olgan "aqlli" mansabdor ushlandi
15.03.2021 10:29,  
426

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida «Aqlli bekat» loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi B.M. shahar hududida joylashgan avtobekatni «Aqlli bekat» sifatida foydalanish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, loyiha tashabbuskori M.S.dan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан