Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada barcha o‘quvchisi fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi «Xalq ta’limi fidoyisi» unvoni bilan, uni tanitgan bloger esa noutbuk bilan taqdirlandi
5.02.2021 17:52,  
265

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov barcha tayyorlagan o‘quvchilari fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan informatika o‘qituvchisini «Xalq ta’limi fidoyisi» unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq ta’limi vazirligi #Zamonamiz_qahramonlari rukni ostida farg‘onalik informatika fani o‘qituvchisi Odinaxon Yo‘ldoshevaning fan olimpiadasiga olib chiqqan barcha o‘quvchilari viloyat fan olimpiadasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan edi. 65-IDUMI (ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internati) informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisining faoliyati sanoqli kunlarda barchaning olqish va e’tiroflariga sazovor bo‘lgan.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Odinaxon Yo‘ldoshevani «Xalq ta’limi fidoyisi» unvoni bilan taqdirlab, unga kasbiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirgan.

O‘qituvchi faoliyati haqida ma’lum qilgani uchun bloger Isroil Tillaboyevga vazir tomonidan navbatdan tashqari noutbuk taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilar orasidan #Zamonamiz_qahramonlari’ni topib, ularni elga tanitgan istalgan kasb egasiga har ikki haftada bittadan noutbuk berishni ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан