Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Noma’lum shaxs mashina kabinasidan telefon o‘g‘irladi
26.03.2021 16:01,  
53

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 12 mart kuni F.A. IIBga murojaat qilib, unda 10 mart kuni noma’lum shaxs Bozoryo‘li ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi oldidagi avtoturargohda eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan o‘ziga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasi salonida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Ryedmi Notye 6” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан