Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada dordan yiqilgan darbozning ahvoli haqida ma’lumot berildi
25.02.2021 12:59,  
2188

Farg‘onada dordan yiqilgan dorboz vafot etgani haqidagi xabarlar asossiz. Vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumot berdi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi sirkda arqon uzilib ketishi oqibatida dorboz boshi bilan yerga tushgani va vafot etgani  haqidagi xabar tarqaldi.

SSV Matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatan ham shu yilning 23 fevral kuni saot 19:25 ga yaqin dorbozlik bilan shug‘ullanuvchi E. ismli fuqaro dordan yiqilishi natijasida jarohatlanib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga olib kelingan.

Markaz mutaxassislari uni zudlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan. Bemorga “O‘ng peshona va burun bo‘shlig‘i suyaklarining parchalanib  sinishi. Bosh miya lat yeyishining og‘ir darajasi. Bosh miya o‘ng yarim shari peshona bo‘lagi epidural gematomasi. Subaroxnaidal qon quyilishi. Pnevmotsefaliya. Bosh yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va teriosti gematomasi” tashxisi qo‘yilgan va bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.  

Markaz mutasaddilarining ma’lum qilishicha, bemorning ahvoli barqaror bo‘lib, hozirda neyroreanimatsiya bo‘limida malakali mutaxassislar nazoratida belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalarini olmoqda.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан