Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada eri bilan janjallashgan 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketdi
6.07.2021 09:48,  
604

Farg‘onada eri bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo».

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 4 iyul kuni soat taxminan 16:30 da Toshloq tumani «Ko‘lariq» MFY Beklar ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. Katta Farg‘ona kanalining Toshloq tumani «Xonaqa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan.

Surishtiruv davomida aniqlik kiritilishicha, fuqaro B.M. turmush o‘rtog‘i S.X. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng jahl ustida yashash xonadoniga yaqin bo‘lgan Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab yuborgan.

Hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан