Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada erkak bolta bilan xotinini qasddan o‘ldirdi
20.04.2022 11:42,  
216

2022 yil 19 aprel kuni soat 08:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro X.D. (erkak) turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib, xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirib qo‘ygan.

Shundan so‘ng, X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, er-xotinning 4 nafar farzandi bor va erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан