Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada fuqaro ov qilish uchun uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi
5.12.2021 20:16,  
306

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 28 noyabr kuni uyidan ov qilish uchun chiqib ketgan 36 yoshli fuqaro bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Yozyovon tuman hokimligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati IIB navbatchilik qismiga 1 dekabr kuni tumanning «Yangiariq» mahallasi Bahor ko‘chasida yashovchi M.M. (1985 yilda tug‘ilgan) 28 noyabr kuni soat 06:30 atrofida Yozyovon tumani «Yangiobod» mahallasidagi suv omboriga ov qilish uchun ov quroli va o‘ziga tegishli Damas mashinasi bilan ketib, qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, fuqaro ov quroli va Damas’da chiqib ketib, qaytmagani sabab oila a’zolari va qarindoshlari uni qidirib, suv ombori hududidan Damas mashinasini qulflangan holda, sumkasini esa suv ichidan topgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda bedarak ketgan M.M.ni topish maqsadida tuman IIBning 45 nafar, Milliy gvardiyaning 21 nafar, FVV qutqaruv guruhining 8 nafar, hokimiyatning 4 nafar, jamoatchilikning 8 nafar, jami 86 nafar vakili qidiruv ishlari olib bormoqda. Shuningdek, sakkizta qayiq, dron apparati jalb qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан