Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada huquqbuzarliklar dronlar yordamida qayd etiladi
29.12.2020 03:33,  
160

1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatiladi.

2021 yilning 1 yanvaridan Farg‘ona viloyatida qoidabuzarliklarni aniqlashda dronlardan foydalaniladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qurilmalar yordamida kun-u tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksatsiya qilinadi.

«Hurmatli fuqarolar, maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib, moliyaviy ziyon yetkazish emas. Aksincha, inson hayoti va sog‘lig‘iga daxldor bo‘lgan qoidalarga amal qilishingizni ta’minlashga qaratilgan», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 oktyabrdan e’tiboran, Farg‘ona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar yordamida aniqlanib, jarimaga tortilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан