Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada IIB xodimlari o‘qituvchini kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashdi
2.08.2020 14:32,  
3227

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Farg‘onalik o‘qituvchi: IIB xodimlari meni kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashdi» sarlavhali xabar yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mazkur xabar o‘rganilganda haqiqatdan ham joriy yilning 26 iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumta’lim maktabida kompyuter o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq xolat sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xuzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xabarda keltirilganidek IIO xodimlari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Jo‘rayevni qiynoqqa solganlik bilan bog‘liq holati yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан