Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada jurnalistlar hujumga uchradi. Gumonlanuvchilar hokimiyatdan yollangani taxmin qilinmoqda (video)
14.05.2020 12:06,  
1516

13 may kuni soat 19:00 larda “Effect.uz” sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchradi. Bu haqda ushbu nashr muxbiri Sof.uzʼga xabar berdi.

Muxbir Tojiboyevning aytishicha, holat Quva tumani hokimligida fuqaroning murojaati o‘rganilgandan so‘ng sodir bo‘lgan.

"Quva tumani hokimligidan fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqdik va Farg‘ona shahriga otlandik. Yo‘lda men murojaatchining mashinasiga mindim, operatorimiz G‘iyosbek Eshov esa o‘ziga tegishli Matiz mashinasida bizdan oldinlab ketgandi. Birdan operator qo‘ng‘iroq qilib, unga yo‘lda hujum bo‘lganini aytdi. Voqea joyiga yetib borgan chog‘imiz juda ham xunuk manzaraga guvoh bo‘ldik.

Noma’lum kimsalar operatorning ko‘zlariga gaz sepib, mashinasining oynalarini sindirib yuborishgan ekan. Ustiga-ustak, ular tahririyat mulki bo‘lgan operatorning videokamerasini olib qochib ketishgan.

 

Ammo ular o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarini unutib qoldirishgan, biz ushbu kimsalarni hujjatlari orqali topishga erishdik va ayni vaqtda Quva tumani tezkor xodimlariga bo‘lgan voqea haqida aytib berdik.

Bilishimizcha, hozirda butun Farg‘ona ushbu hodisa yuzasidan oyoqqa turgan va tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli yordamlarni olmoqdamiz. Ushbu holatdan respublika miqyosidagi ayrim tashkilotlar ham xabardor bo‘ldi.

Operatorimizni shifoxonaga olib ketishdi, uning ko‘zlari hozirda yaxshi ko‘rmayapti. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Bizga hujum qilgan shaxslar Quva tuman hokimligi tomonidan yollangan bo‘lishi ham mumkin.

Mashinaning oynasini sindirishga, operatorga shunchalik darajada hujum qilishga va tahririyat mulki bo‘lgan videokamerani olib ketishga hech kimning haqqi yo‘q edi. Ammo bilmadik, nega bunday bo‘ldi. Hozirda bizdan IIO xodimlari tushuntirish xatlari oldi". Elyor Tojiboyev, “Effect.uz” saytining Farg‘onadagi muxbiri

Ushbu voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgan.

“ʼEffect.uzʼ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergov oldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi”, — dedi Hayot Shamsutdinov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан