Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada Matiz daraxtga urilishi oqibatida haydovchining qizi vafot etdi
20.02.2021 08:20,  
142

Farg‘onada Matiz avtomashinasi terak daraxtiga urilishi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 17-fevral, chorshanba kuni fuqaro M.D. Matiz rusumli avtomashinasini Avval—Vodil yo‘lining 15-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi terak daraxtiga urilgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, avtomashina haydovchisi M.D., yo‘lovchilar, haydovchining turmush o‘rtog‘i M.M. va qaynsinglisi A.Z. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан