Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqaldi
11.11.2021 09:09,  
625

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ota o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat huquq tartibot organlari bayonot bergan. Unda aytilishicha, Oltiariq tumanida erkak MJtKning 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) ko‘ra jazolangan bo‘lgan. Erkak bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmay, voyaga yetmagan qizini urib, tan jarohati yetkazgan va ushbu holat bo‘yicha unga nisbatan JKning 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va sud qaroriga ko‘ra u jazolangan.

Ta’kidlanishicha, huquq tartibot organlariga erkak giyohvand vositalarni yetishtirgani yoki iste’mol qilgani va o‘z qizlariga tegajog‘lik qilgani bo‘yicha murojaat kelib tushmagan. Viloyat IIB ushbu holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан