Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada Prezident xalq qabulxonalari 800 oilaga yordam yetkazib berdi (foto)
25.04.2020 20:54,  
322

Mamlakatimizda sinovli kunlarida yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashish yuzasidan hayotiy tashabbuslar bilan chiqdi, jumladan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining tashkil etilishi shunday g‘oyalardan.

Prezident Xalq qabulxonasi mas’ullarining Sof.uzʼga ma’lum qilishicha, kelib tushayotgan aksariyat murojaatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu sababli, har bir Xalq qabulxonasi qoshida “Tezkor ishchi guruh shtablari” tuzilib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda aholi uchun “ishonch telefonlari” tashkil etildi. Mazkur hamkorlik orqali ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli oilalar, boquvchisi bo‘lmagan oilalarga xayriya yordamlari, oziq-ovqat, tibbiy yordam, dori-darmon, elektr, suv, gaz ta’minoti kabi muhim masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Tezkor tibbiy muolajani talab etadigan murojaatlar ham Xalq qabulxonalarining alohida e’tiborida. Mazkur holatlar bo‘yicha sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan hamkorlikda fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Fuqarolar sog‘lig‘i, ayniqsa, uzluksiz ravishda hayotiy zarur muolajalar olish (gemodializ, ximioterapiya va boshqa og‘ir kasalliklar), dori-darmon iste’mol qilish (diabet, endokrin va boshqa kasalliklar) bilan bog‘liq muammolar hal etilishiga alohida e’tibor qaratilyapti.

Shu bilan birga, Prezident Xalq qabulxonalarining og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarida “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” tizimi ham yaxshi samara bermoqda. Mazkur jarayonlarga joylardagi savobtalab, saxovatpesha homiylar ham keng jalb etilmoqda.

O‘tgan karantin davri mobaynida respublikamiz bo‘ylab Xalq qabulxonalari tomonidan 45 mingga yaqin murojaatlar asosida fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar ajratish, tibbiy yordam ko‘rsatish, oziq-ovqat va tibbiy himoya vositalari bilan ta’minlash va boshqa yo‘nalishlardagi qator muhim masalalarda ko‘mak talab oilalarga yordam ko‘rsatildi.

Aynan shunday savobli ishlarning yaqqol misol sifatida muborak Ramazon oyida Farg‘ona viloyatida bo‘layotgan keng ko‘lamdagi ishlarni keltirsak bo‘ladi. Xususan, Farg‘ona, Yozyovon, Quva kabi viloyatning qator tumanlarida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida sektor rahbarlari, korxona-tashkilotlar vakillari hamda Mo‘minjon Yo‘ldoshev rahbarligidagi “Fergana-Oseana”, “Baxodir Logʻon Tekstil” singari ko‘plab saxovatpesha homiylar hamkorligida minglab qiyin ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan yurtdoshlarimizga ko‘mak ko‘rsatilyapti.

Jumladan, og‘ir ahvoldagi har bir oilaga 1 qop un, 10 kg. kartoshka, 5 kg sabzi, 0.5 kg. piyoz, 1 kg. go‘sht, 2 kg. shakar, 5 kg. guruch va 5 litr o‘simlik yog‘i yetkazib berildi. Shu kungacha 253 million so‘m miqdorda 800 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yordam tariqasida yetkazib berildi.

Bu kabi ishlar Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan barcha hududlarda tizimli davom ettirilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан