Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada «So‘x voqealari»da ayblangan 22 nafar shaxs ustidan sud jarayoni boshlandi
11.11.2020 12:51,  
582

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanayotganlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni 9 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi ko‘rib chiqishni boshlagan.

Viloyatning So‘x tumani Chashma qishlog‘ida qo‘shni davlat fuqarolari bilan suv masalasidagi mojaroda ishtirok etgan 22 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) va 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e’lon qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.

Rishtonlik mustaqil jurnalist Bahodir Eliboyevning ma’lum qilishicha, sud ishi belgilangan vaqtda o‘tkazilmagan. 10 noyabr dushanba kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi aytilgan sud majlisi shu kuni soat 15:00 da boshlangan. Karantin cheklovlari munosabati bilan sud majlisida har bir sudlanuvchining ikki nafardan yaqin qarindoshi ishtirok etishiga ruxsat berilgan.

Sud o‘z ishini 16 noyabr kuni soat 10:00 da davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31 may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1 iyun kuni voqea yuz bergan joyga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashgan.

Abdulla Aripov Qirg‘iziston rasmiylari bilan hodisa yuzasidan muzokara olib borgan. Shu kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari mazkur hodisani telefon orqali muhokama qilgan. Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.

Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2 iyun kuni u yerga tashrif buyurgan. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlangandi.

So‘x tumanida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi. Keyinchalik ular orasida bosh vazir bilan uchrashuvda viloyatning sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyevning iste’fosini so‘ragan bloger Dadaxon Haydarov (Haydarjon Bobohaydarov) ham borligi ma’lum bo‘ldi. Bloger 2 sentyabr kuni ozodlikka chiqarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан