Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada tadbirkorni 100 mln so‘mlik uzumga «uxlatib» ketishdi
16.12.2020 10:45,  
437

2019 yilning avgust oyida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 34 yoshli M.A. o‘ziga tanish bo‘lgan 36 yoshli I.M.ning ishonchiga kirib, undan 100 000 000 so‘mlik uzumning pulini keyin berishini aytib olib ketgani va pullarni bermasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha arizachi 2020 yilning dekabr oyida murojaat etganligi sababli hamda Madiyor A.ning xatti harakatlarida firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki mulkiga bo‘lgan huquqini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergovga kirishilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pulingizni notanish hamda halol inson sifatida sizga tanish bo‘lmagan insonlar qo‘liga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlar to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda”, — deyiladi ma’lumotda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан