Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada tarbiyachining qo‘lidan qoshiq chiqib ketishi oqibatida bog‘cha bolasi bir ko‘zidan ayrildi
6.04.2021 15:32,  
1830

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 13-oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2020 yilning 16 oktyabr kuni tarbiyachi N.A.ning qo‘lidan chiqib ketgan temir qoshiq 5 yoshli bolani ko‘zidan ayirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni tarbiyachi ovqat tarqatayotgan vaqtida bolalar baqir-chaqir qilgan. Tarbiyachi ularni tinchlantirish maqsadida qo‘lidagi temir qoshiqni silkitgan vaqtida ehtiyotsizlik sabab qo‘lidan chiqib ketib, 2016 yilda tug‘ilgan A.ning ko‘z qismiga tekkan. Buning oqibatida unga og‘ir shikast yetgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan A.da o‘ng ko‘z shox pardasining, skleraning, rangdor pardaning yirtilgan yarasi, o‘ng ko‘z olmasi butunligining buzilishi, ko‘rishning to‘liq yo‘qolishi kabi jarohatlar bo‘lib, bu hayot uchun xavflilik mezoniga ko‘ra og‘ir tan jarohatlar toifasiga kirishi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ish hujjatlari va sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, tarbiyachi N.A. ehtiyotsizligi oqibatida bolaning ko‘z qismiga og‘ir shikast yetkazishga sabab bo‘lgan.

Sudda u bolaning davolanishi uchun 14 million so‘m pul berganligini ma’lum qilib, qilmishidan pushaymon bo‘lgan. N.A.ga Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida jazo tayinlanib, fuqaroviy javobgar 13-oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan 4 million 700 ming so‘m moddiy zarar jabrlanuvchining qonuniy vakili foydasiga undirilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан