Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada uch oylik chaqaloq koronavirusdan tuzalib ketdi
24.04.2020 11:52,  
304

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 9 nafari Turkiyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 11 nafari Farg‘onadan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqanddan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Eng yoshi kattasi 61 yoshda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 582 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан