Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada unashtiruvi bekor bo‘lgan yigit qizning uyini yoqib yubordi
24.03.2021 09:56,  
518

Beshariqlik Hamid qo‘shni qishloqda yashovchi Oygulni anchadan beri yaxshi tanirdi. Uydagilar yaxshi niyat bilan ikki yoshni unashtirdi.

Bu yigitning oilaviy sharoiti og‘irroq edi. Shu bois ham to‘y qilish uzoqroq cho‘zildi. Bu vaqt oralig‘ida Hamid kelin bo‘lmish bilan tez-tez ko‘rishib turar, hatto uy yumushlariga yordam berib yurdi. Bir kuni ikkalasi telefon orqali gaplashib, arzimas narsa tufayli janjallashib qoldi. Ikki yosh o‘rtasida gap-so‘zlarni kelinning onasi eshitib, shartta to‘nini teskari kiyib oldi. Bo‘lajak kuyovning kechirim so‘rashlari, kattalarni o‘rtaga tushishlari ham kor qilmadi. Qizning onasi “senga beradigan qizim yo‘q”, deya fotihani bekor qildi.

Hamid bir kuni mast bo‘lib, qizning uyiga borib to‘polon qildi. Ichki ishlar bo‘limiga yozilgan ariza asosida unga sud tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Ammo u bundan xulosa chiqarmadi. 2020 yil 18 iyun kuni mast holatda yarim tunda Oygulning uyiga boradi. Bu paytda ona bola qo‘shni qishloqdagi qarindoshinikiga ketib, yotib qolgan, uyda hech kim yo‘q edi. Uyga kirib, alamini nimadan olishni bilmay, mehmonxonadagi pardaga o‘t qo‘yib yuboradi.  

Olov kattalashib ushbu xonadon va egalariga tegishli bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim kechaklari, shuningdek, bir qator hujjatlar ham yonib ketgan.

Beshariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining xulosasiga ko‘ra, fuqaro B.S.ni yashash xonadonida yuz bergan yong‘in o‘chog‘i, xonadon egasining yotoqxonasiga eshik orqali kirilganda o‘ng tomonda joylashgan deraza atrofida aniqlanib, derazaga tortilgan pardaga H.J. o‘zi bilan olib yurgan gugurtni yoqishi deb topilgan. Shuningdek, sodir etilgan yong‘in natijasida yetkazilgan zarar miqdori 263 million 975 ming 196 so‘m ekanligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. H.J.ga uzil kesil uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, unga qo‘llanilgan ehtiyot chorasi bekor qilindi va sud zalidan qamoqqa olindi. Jabrlanuvchi foydasiga esa yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi — deya yozmoqda ’UzA’.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан