Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada xotini va 13 yoshli o‘g‘lini tayoq bilan urib o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi
11.12.2021 21:47,  
184

Farg‘ona viloyati Qo‘qonboy qishlog‘ida 2021 yilning 11 may kuni o‘z ayoli va farzandini o‘ldirgan er sud qilindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudi axborot xizmati xabar qildi.

Aniqlanishicha, hodisadan bir kun avval er va ayol o‘zaro janjallashib qolgan. Oila boshlig‘i uyda yig‘ib qo‘yilgan puldan 500 ming so‘mini olib, dorixonaga chiqib ketayotgan vaqtda ayoli kech bo‘lganda ko‘p pul ko‘chaga chiqib ketayotgani uchun eriga e’tiroz bildirgan. Ayol erining erkaklik sha’niga dog‘ tushiruvchi uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun erining g‘azabi qo‘zigan.

Erkak ayoli va farzandini qasddan o‘ldirish maqsadida yashab turgan uyning hovlisida bolta dastasiga mo‘ljallangan tayoq bilan ayoli va voyaga yetmagan 13 yoshli farzandining bosh qismi va boshqa sohalariga o‘ta shafqatsizlik bilan ko‘p marotaba urib, ularga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohatlarni yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

Sudlanuvchi Yu. o‘z qo‘llari bilan o‘ldirgan rafiqasi uning ikkinchi turmushi ekani va u bilan turmush qurgan paytdan boshlab o‘zaro murosaga kela olmagani uchun ichkilikka ruju qo‘ygani va xotini uni bunday qaytarish uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ham yotqizganini ma’lum qilgan. Shuningdek, er marhuma ayolini buzuqlikda ayblab, voyaga yetmagan farzandini o‘zining farzandi emaslik gumoni ostida yashab kelgan.

Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» (o‘ta shafqatsizlik bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bandlari bilan aybli deb topilib 22 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан