Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada YTX oqibatida ayol hodisa joyida vafot etdi
29.01.2021 08:55,  
777

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 27 yanvar kuni «Lacetti-2» urib yuborgan ayol voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtohalokat tumanning Jaloyir qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Haydovchi M.M. «Lacetti-2»ni boshqarib kelayotib, qatnov qismini kesib o‘tayotgan M.A. ismli ayolni urib yuborgan. Natijada ayol tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан