Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onadagi mahalla quturish kasalligi bo‘yicha xavfli hudud deb e’lon qilindi
5.11.2021 09:06,  
307

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi «Azimobod» mahallasini quturish kasalligi bo‘yicha nosog‘lom punkt deb e’lon qilish va cheklov qo‘yish haqida tuman hokimining qarori qabul qilindi — deya yozmoqda ’Daryo.uz’ nashri.

Unda aytilishicha, MFYning xavfli hudud deb e’lon qilinishiga «Azimobod» mahallasi hududida bir bosh sigirda quturish kasalligini qo‘zg‘atuvchi babbesh–negri tanachalari aniqlangani sabab bo‘lgan. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga hududda quturish kasalligiga moyil bo‘lgan barcha hayvonlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish, dezinfeksiyalovchi vositalar va dezinfeksiya ishlari o‘tkazilishini nazorat qilish vazifasi topshirilgan.

Bundan tashqari, Oltiariq tuman ichki ishlar bo‘limiga quturish kasalligi qayd etilgan mahalla hududida quturish kasalligining oldini olish maqsadida daydi, qarovsiz it va mushuklarni tutishda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga yordam berish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga quturish kasali bilan kasallangan chorva mollari haqida ma’lumotga ega shaxslar va shu kasallikni yuqtirganlarni aniqlash, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан