Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onadagi «Mehr» tadbirida 7392 ta kichik qoidabuzarlikka «ko‘z yumildi»
25.02.2020 08:11,  
162

14 fevral kunidan 21 fevral kuniga qadar Farg‘ona viloyatida «Mehr» tadbiri o‘tkazildi. Harakat ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishni maqsad qilgan bir haftalik tadbirlar davomida viloyat hududidagi avtotransport vositalari harakati serqatnov bo‘lgan avtomobil yo‘llari va ko‘chalar yoqalarida joylashgan ta’lim muassalarida harakat xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir etilayotgan 64 ta qishloq va mahallalarda aholi o‘rtasida yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlar tanqidiy muhokama qilindi.

Tadbir davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida jabrlangan 41 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. «Mehribonlik uyi»dagi tarbiyalanuvchilar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, sovg‘alar tarqatildi.

Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol va surunkali ravishda buzib kelayotgan haydovchilarga nisbatan profilaktik ta’sir choralari ko‘rish maqsadida ma’muriy sud idoralari bilan hamkorlikda 14 ta sayyor sud muhokamalari o‘tkazildi. 4 marotaba “Targ‘ibot avtokarvoni” o‘tkazilib, yo‘l-transport hodisalari natijasida texnik shikastlangan avtomobillar namoyish qilindi.

Piyodalar, velosipedchi va haydovchilar tomonidan 7392 ta sodir etilgan kichik qoidabuzarliklar (yo‘l belgi va chiziqlariga amal qilmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va shu kabilar) uchun bayonnoma rasmiylashtirilmay, ular ushbu qoidabuzarliklar natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan mudhish hodisalarning og‘ir oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан