Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 nafar ayol vafot etdi
26.02.2021 09:43,  
716

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda. 

23 fevral kuni Vodil-Farg‘ona avtomobil yo‘lida fuqaro Q.Sh. «Lasetti-2» avtomashinasi boshqaruvi paytida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi «Matiz» bilan to‘qnashib ketgan.

«Matiz» avtomashinasida uchqun chiqib yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida, mashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol Q.T.  hodisa joyida vafot etgan.

«Matiz»da bo‘lgan yana bir yo‘lovchi ayol J.M. shifoxonada vafot etdi. Haydovchilar Q.Sh. va S.I.lar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «Lacetti-2» haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан