Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onadagi YTHda ikki maktab direktori o‘rinbosari halok bo‘ldi
2.10.2019 11:31,  
414

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimining tungi selektor yig‘ilishiga ketayotgan ikki maktab direktori o‘rinbosari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida, 29 sentyabr kuni soat 20.45larda Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli maktabning direktor o‘rinbosari M.D. “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qo‘qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siq ustiga chiqib ketganligi va yo‘lni yorituvchi temir simyog‘ochga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Yong‘in natijasida avtomashina haydovchisi hamda oldi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli maktabning direktor o‘rinbosari U.Sh.lar voqea joyida halok bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchilar Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-sonli maktabning direktor o‘rinbosari T.L. va Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limi qorovuli M.B.lar tan jarohati olgan hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotlarda Xalq ta’limi bo‘limi xodimlari viloyat Hokimiyatiga kechki selektor yig‘ilishiga chaqirtirilganligi ko‘rsatilgan, biroq o‘rganishlar jarayonida shu kuni, ya’ni 29 sentyabrda Farg‘ona viloyati Hokimligida yig‘ilish yoki selektor o‘tkazilishi belgilanmaganligi, shuningdek, yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi va yo‘lovchilar o‘zlarining shaxsiy yumushlari bilan Dang‘ara tumanidan Qo‘qon shahriga ketishayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан