Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onaga yangi prokuror tayinlandi
2.03.2021 14:48,  
251

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ismoilov Baxtiyor Ahmadjonovich Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yig‘ilish davomida e’lon qilindi.

Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2017-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан