Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onalik jurnalistga chiqarilgan 15 kunlik ma’muriy qamoq 2 kunlikka qisqartirildi
29.05.2020 13:10,  
584

Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan chiqarilgan 15 kunlik ma’muriy qamoq muddati 2 kunga qisqartirildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

29 may kuni Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasi Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan Farg‘ona shahar ma’muriy sudining 27 maydagi qarorini o‘zgartirdi.

27 may kun kuni Usmonjon Qodirovga MJtKning 54-moddasi 1-qismi va 183-moddasi bilan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Kassatsiya instansiyasi birinchi instatsiya sudi Usmonjon Qodirovga nisbatan jazo tayinlashda aybiga iqrorligini, chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilada yagona boquvchi ekanligini inobatga olmay, bir muncha og‘ir jazo tayinlaganini tan oldi.

Kassatsiya instansiyasi qaroriga ko‘ra, 15 sutka qamoq jazosi o‘zgartirilib, 2 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazo tayinlandi. Bugun, 29 may kuni jurnalistga javob berilishi kutilmoqda. Shuningdek, Usmonjon Qodirov ma’muriy qamoq harajatlaridan ozod qilindi.

Sud qarorida aytilishicha, Usmonjon Qodirov 27 may kuni soat 15:30 lar atrofida Farg‘ona viloyat hokimligi binosi oldida yuziga niqob taqmasdan ketayotgan bo‘lgan. Uni shu hududda xizmat vazifasini bajarayotgan Farg‘ona shahar IIB profilaktika inspektori M.Hamraliyev to‘xtatib, shaxsini aniqlash uchun IIB tayanch punktiga borishi lozimligini aytgan.

Sud hujjatida keltirilicha, Usmonjon Qodirov IIB xodimini qonuniy talablarini bajarmasdan, huquqbuzarlik harakatlarini davom ettirgan va M.Hamraliyevni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, baqir-chaqir qilib, fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Usmonjon Qodirov kassatsiya shikoyatida, sud qilmishidan pushaymonligini va jabrlanuvchidan kechirim so‘raganligini inobatga olmasdan og‘ir jazo tayinlagani sababli, jazoni yengillashtirishini so‘ragan. O‘z navbatida, M.Hamraliyev ham Usmonjon Qodirov undan kechirim so‘ragani sababli uni kechirganini, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini inobatga olib sud tomonidan tayinlangan ma’muriy qamoq jazosini yengillashtirishni so‘radi.

Kassatsiya instansiyasi sudi, kassatsiya shikoyatlarini ish materiallariga qo‘shib, tekshirib chiqib, ish materiallarini tahlil qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra sud qarorini o‘zgartirib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim topdi.

Qayd etilishicha, kasatsiya instansiya sudida jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etgan Farg‘ona hokimligi matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov Usmonjon Qodirovni ijobiy tavsiflagan va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qonunda nazarda tutilgan yengillik berishni so‘ragan.

Mavzuga doir: Shuhrat G‘aniyevning «o‘tinib kechirim so‘rashi» qabul qilingan Farg‘onada jurnalist kechirilmadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан