Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onaliklar respublikada birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi
15.10.2020 10:41,  
409

Farg‘onalik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi

Fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 250 ming tonna paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan paxtachilikda klaster tizimi joriy etilgani bugun o‘z samarasini bermoqda. Viloyatning 9 ta tumanlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilgani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Joriy yilda 82 ming gektardan ziyod maydonda g‘o‘zaning “S-8290”, “Namangan-77”, “Sulton”, “S-6524” navlari ekilib, agrotexnik tadbirlarga muhim e’tibor qaratildi. Paxtani qisqa muddatlarda sifatli qilib terib olish, terimga fermer xo‘jaligi a’zolarini va ish bilan band bo‘lmagan uyushmagan aholini ixtiyoriy jalb etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rildi.

Natijalar esa quvonarli. 15 ish kunida viloyatning Buvayda, Uchko‘prik, Rishton tumanlari paxta sotish shartnomaviy rejasini respublikada birinchi bo‘lib bajardilar. Shuningdek, Oltiariq, O‘zbekiston, Toshloq, Bag‘dod, Dang‘ara tumanlari ham paxta xirmoniga munosib hissa qo‘shishdi. Bugun boshqa tumanlar ham astoydil harakat qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан