Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona–Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
29.02.2020 10:33,  
92

Farg‘ona vodiysidan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida transport vazirligi tomonidan Farg‘ona-Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovlar joriy yilning 4 mart sanasidan boshlanadi. Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Qatnov  “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00 boshlanadi. Chiptalarni "Farg‘ona shahar atrofi" avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallaridan harid qilish mumkin.

Mazkur yo‘nalishda "Uzautotrans Service" va "Tulpar-Baykonir" korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан