Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
8.07.2019 12:16,  
5

Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 02.07.2019 yil soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 yilda to‘g‘ilgan) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Xabibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan.

Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан