Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikki nafar xodimi koronavirusdan vafot etdi
15.09.2020 11:32,  
266

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Akimov Kuanishbay Mirzabayevich hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Jabbarov Doniyor Raximovichlarnining vafoti munosabati bilan marhumlarning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu kunga qadar ushbu xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilganligi ma’lum bo‘lgan.

Podpolkovnik Akimov Kuanishbay Mirzabayevich 1979 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida tug‘ilgan. U 20 yildan ortiq muddat davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. 

Mayor Jabbarov Doniyor Raximovich 1981 yil Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidan tug‘ilgan. Vazirlik tizimida 2005 yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.

"Yuqorida nomlari tilga olingan xodimlarimiz, afsuski, ko‘rinmas yovga qarshi kurashib, xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ushbu kasallikni yuqtirib olgan.

Ular so‘nggi nafasiga qadar elu yurt manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilib, insonlarning tinch, xotirjam va farovon hayoti uchun shirin jonlarini ayamadilar. Ko‘rsatgan fidoyiliklari va matonati aslo xotiramizdan o‘chmaydi" - deyiladi FVV bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан