Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koinot panoramasini endi telefonda ham ko‘rish mumkin
31.01.2020 17:13,  
1156

"Google Earth" xizmati yangilanganidan so‘ng, foydalanuvchilar hatto telefon orqali koinotning panoramasini ko‘ra oladilar. 

Kompaniyaning tushuntirishicha, bugungi kunda smartfonlar kompyuterlar kabi kuchli vositaga aylangandan keyin paydo bo‘ldi.

Ilgari "Google Earth" foydalanuvchilari planshet yoki telefonda rasm panoramasini kattalashtirganlarida yulduzlarsiz tasvirni ko‘rishgan. Yulduzlar qora fonga almashtirilgandi, chunki ko‘pchilik foydalanuvchilarning smartfonlari yoki planshetlarining kuchi yetarli emas edi. Endi Google o‘z xizmatini yangilab barcha qurilmalarda batafsil panoramani ko‘rish imkoniyatini kiritdi.

Xizmatdan foydalanuvchilar "Somon yo‘li" galaktikasi tasvirini dunyo aylanishida ko‘rishlari mumkin. Ular Yevropa janubiy rasadxonasi tomonidan tasvirga olingan. Yulduzlar yer sathidan 50.000 km balandlikda qanday joylashgan bo‘lsa, ularni shundayligicha ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Google ta’kidlaganidek, ushbu dasturning funksiyasi olamni iloji boricha realizm bilan namoyish etilishi uchun kerak. Shuning uchun ular dunyodagi ob-havo sharoitlarini ko‘rsatadigan animatsiyali bulutlarni ham qo‘shdilar.

“Realizm biz uchun juda muhim”, dedi dastur muhandisi Jonatan Koyen. “Biz "Google Earth"dan foydalanayotgan har bir odam sayyoramizni koinotdagi joylashgan o‘z joyi bilan birgalikda ko‘rishlarini istaymiz”.

Elsatib o‘tamiz, ilgari NASA olimlari, LRO orbital sun’iy yo‘ldosh razvedkadan olingan ma’lumotlar orqali oyning 3D xaritasini nashr etishgan. Ushbu xarita kosmosni sevuvchilarga samoviy jismni o‘rganishda yordam beradi. Rassomlar esa oyni yanada batafsilroq va aniq chizish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан