Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Federalist №9. Anti-federalistlarga raddiya
2.07.2020 08:59,  
620

«Federalist» turkumining navbatdagi soni 1787 yilning 21 noyabrida chop etildi. Muallif – Aleksandr Hamilton. Quyida maqolaning asosiy g‘oyalarini keltiramiz.

Amerika shtatlarini umumiy federal hukumat ostida ittifoqqa birlashuviga qarshi chiqqan taraflar (anti-federalistlar)ning argumentlaridan biri: har bir shtat alohida respublika bo‘lib, o‘z tinchligi va mustaqilligini himoya qila oladi. Ular bunga dalil qilib fransuz siyosiy mutafakkiri Monteskening «respublika boshqaruvi kichik hududli shahar-davlatga xosdir, aksincha bo‘lsa, bu respublika uzoq yashay olmaydi», degan fikrini keltiradilar.

Muallif o‘z maqolasida ushbu da’voga raddiya o‘laroq uch kontragrumentni keltiradi:

Birinchidan, Gretsiya va Italiyaning parokanda respublikalari tarixiga qaralsa buzg‘unchilik, inqiroz va inqiloblar tez-tez sodir bo‘lib turganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Ikkinchidan, Monteske o‘zining «Qonunlar ruhi» (1748 yil) asarini diqqatroq o‘qish kerak: mutafakkir mayda respublikalar yagona konfederatsiya ostida birlashishini olqishlaydi va bunga Lyusern konfederatsiyasi (Shveysariya) ijobiy namuna qilib keltiradi.

Uchinchidan, avvallari ham yozilganidek, davlatning respublika shakli o‘z-o‘zidan erkinlik himoyasini, ravnaq va tinch osoyishta hayotni kafolatlamaydi. Lekin zamonaviy siyosiy fanlar taklif qilgan tartibga soluvchi mexanizmlar respublikaga xos kamchiliklarni bartaraf qilib, foydali taraflarini kuchaytiradi, shaxs va jamoalar erkinliklari, huquqlarini zulmkor guruhlar va ongsiz ommaning buzg‘unchiligidan himoya qila oladi. Katta respublikalar ham aynan shu mexanizmlar vositasida juda yaxshi ishlay oladi.

Mazkur mexanizmlar hokimiyat bo‘g‘inlarining bir biridan ajratilganlik prinsipi asosida ishlaydi va bularga quyidagilar kiradi: o‘zaro muvozanat saqlash va cheklash protseduralari; mustaqil sudlar tizimi; qonun-qoidalar saylangan xalq vakillari tarafidan belgilanishi (asl matnda “legislative balances and checks; the institution of courts composed of judges holding their offices during good behavior; the representation of the people in the legislature by deputies of their own election”). Muallif aqliy sinovlar va hayotiy tajribalardan o‘tgan davlat mexanizmlari haqida batafsilroq keyingi maqolalarda yoritilishini va’da qiladi.

Aleksandr Hamiltonning hamrohi Jeyms Madison navbatdagi «Federalist»ning 10-maqolasini taqdim etgan. Uning asosiy mavzusi jamiyat ichida turli firqalar va qarama qarshi manfaatlar mavzusi bo‘lib, maqola AQSh konstitutsiyasining asosiy sharhlovchi hujjatlaridan hisoblanadi.

Davomi keyingi sonda.

Avvalgi maqolalar:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан