Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fermerlar kengashi vakili chorva mollariga pasport berilishiga izoh berdi – «Bu hayvonning shaxsi va propiskasini tasdiqlaydigan hujjat emas» (video)
27.11.2019 14:30,  
730

So‘nggi kunlarda deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda chorva mollariga pasport berish haqidagi xabarlar kulgiga olinmoqda. Albatta, yurtimizda o‘z yechimini kutayotgan shuncha muammolar turganida bu xabar ko‘pchilikning g‘ashiga tegishi tabiiy hol.

Bu masalada O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili Zayniddin Fayzullayev O‘zAʼga fikrlarini bildiribdi.

“Aksariyat yurtdoshlarimiz tasavvur qilayotganidek, bu hayvonning shaxsini, propiskasi va fuqarolik holatini tasdiqlovchi hujjat emas. Balki, veterinariya pasporti – identifikatsiya qilingan hayvonlarga rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat hisoblanadi. Hayvonlarni kasalliklarga qarshi emlanganligini tasdiqlash, ularning aniq hisobini yuritish va ro‘yxatga olingan hayvonlar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishda pasport rasmiylashtirish juda ham muhim va bir qancha muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Bunda avvalo, har bir uy hayvonini nazoratga olish, uning salomatligini nazorat qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi. Ya’ni har bir hayvon turi tug‘ilganda identifikatsiya qilinib, ro‘yxatga olinadi, uning qanday kasalliklarga chalingani, qachon emlangani, qayd etib boriladi. Shu tariqa savdo do‘konlaridan go‘sht mahsulotlari xarid qilayotganda ularning “tarixi”dan ham boxabar bo‘lamiz.“

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgi vaqtda jami 95 857 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istiqomat qiladi, ushbu ko‘rsatkich Markaziy Osiyodagi jami fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 78,5 foizini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан