Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Feyk axborotga jarima to‘lasin” deyishni boplaydigan davlat, uning organlari qovun tushirganida ham jazolashi kerak!"
2.05.2020 12:46,  
1676

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi multimedia markazining video syujetida aytilishicha, yetkazish xizmatlarini ko‘rsatadigan taksi yo‘nalishlari avtomobillariga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q.

Taksida hali yo‘lovchi tashishga ruxsat berilmagani aytildi (video)

Davletovuzʼning yozishicha, Ichki ishlar vazirligi oldinroq shaxsiy va xizmat yengil mashinalari harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) taksilar ham yo‘lovchilarni tashishi mumkinligini tasdiqlagan edi.

“Gazeta.uz”ning ichki ishlar idoralaridagi manbalar orqali aniqlik kiritishicha, maxsus komissiyaning tasdiqlangan bayonida “yo‘lovchilar bilan birga” degan jumla mavjud emas. Vaholanki, bu jumla rasmiy manbalarda: “Huquqiy axborot“da ham, Koronavirus info Telegram-kanalida ham e’lon qilingan. Komissiyaning protokollari ochiq manbalarda e’lon qilinmagan.

Gap taksi xizmatining faoliyat yuritishi yoki yuritmasligi haqida emas, balki fuqarolarni, hech qursa o‘zi chiqarayotgan hujjatlarni hurmat qilishda. Bir og‘iz chiqib, rasmiy bayonot berib, uzr so‘ra, noto‘g‘ri gapiribmiz yoki sizlarni chalg‘itibmiz, deb qo‘y. Yo‘q, bular O‘zbekiston fuqarolariga xizmat qilmaydi. Ular o‘zlaridan boshqa hech kimga xizmat qilmaydi. Ular hech kimga hisobdor emas. Sal xijolat bo‘lish kerak, hamma narsaning ham chegarasi bor. Yo‘qsa, protokolni e’lon qilsin. Chap qo‘lning ishiga o‘ng qo‘l javob bermasa, ertaga bularga ishonch qoladimi?

Yana bir bloger Muhrim shunday yozmoqda:

“Bir uxlab tursam, hamma yoqda: “taksida yo‘lovchi tashish hali mumkin emas, mashinada faqat mashinaning egasigina yurishi mumkin”, deganga o‘xshash gaplar. Xafsalalarim pir bo‘ldi. Bu davlat kecha nima degandi-yu, bugun nima deyapti? Xalq ahmoqmi? Kecha “taksida yurish mumkin ekan” degan gap qanchalik uzoqqa tarqalib bo‘lganini, bu gapga ishonib bugun ham, ertaga ham, indinga ham qancha odam ko‘chaga chiqishini o‘ylaydimi bular?

U yoki bu huquqbuzarlik uchun jazolashni, hali jazosi yo‘q zamonaviy “huquqbuzarliklar” uchun u yoki bu kodeksga jarimali moddalar yozishni, “feyk axborot uchun jarima to‘lasin” deyishni boplaydigan davlat, uning organlari qovun tushirganida ham o‘zini ham jazolashi kerak, javobgarlikni yelkasiga olib, “ha, ..... qo‘ydik yana”, deyishni bilishi kerak (uzr, lekin hozirgi holatga boshqacha ta’rif yo‘q).

Keyin, haligi Maxsus komissiya nima o‘zi? Qonuniymi u? Uning qarorlari-chi? Qaror chiqaryaptimi o‘zi u yo faqat yig‘ilish protokoli? Ular ham qonuniymi? Qaysi qonun bo‘yicha qonuniy? Qonunga ko‘ra, bajarilishi hamma uchun majburiy hujjatlar rasmiy manbalarda, masalan, “Lex.uz”da yoki “Xalq so‘zi”da e’lon qilinishi kerak, yarim tunda qanaqadir telegram-kanalda emas, to‘g‘rimi? Yo o‘sha telegram-kanal maqomi endi “Lex.uz” bilan birmi?

Agar bu Maxsus komissiya qonuniy bo‘lsa, uning qarorlari (yoki yig‘ilish protokollari) ham qonuniy bo‘lsa, u holda nega bu hujjatlar rasmiy manbalarda e’lon qilinmayapti? Nega, bugun o‘sha Maxsus komissiyaga orqa qilinib “ruxsat” deyilgan gap ertasiga yana o‘sha Maxsus komissiyaga asoslanib “ruxsat emas”, deyilyapti? Birorta mustaqil, MUSTAQIL huquqshunos tushuntirib bersa yaxshi bo‘lardi bularning barini.

Har bir odam bilan “ciz“ deb gaplashishi kerak – Prezident IIV va Milliy Gvardiyaga murojaat qildi (video)

Hammamiz tushunamiz, bunaqa pandemiyani ko‘rganlar allaqachon 100 yoshdan oshgan, tayinli maslahat bera olmaydi; tushunamiz, Buxoroda “ilgari kuzatilmagan” tabiiy ofat bo‘ldi; yana tushunamiz, kimlarningdir hovlilari 100 ballik zilzilada ham buzilmaydigan qilib qurilishi uchun Sirdaryoda bitta to‘g‘on sifatsiz qurilgan, shu bois kecha “O‘zbekiston Katrinasi”ga guvoh bo‘ldik. Lekin, baraka topkurlar, baribir sal tartib kerak.

Go‘yoki iqtisodiyotni qutqarish bahonasida odamlarning ishga borib-kelishiga ruxsat berib, so‘ng “taksiga ham, mashinada yo‘lovchi tashishga ham ruxsat yo‘q”, deyish — mantiqsizlik; ba’zilarga mashinani bor-yo‘g‘i niqob taqib haydashiga ham, xuddi shu holida mashinasida yo‘lovchi tashishiga ham ruxsat berib, ovqat tashuvchi dostavkachilardan “skafandr”ga kirishni so‘rash ham mantiqsizlik. “Mantiq” degan joyini yoqinglar, iltimos“.

Eslatma: Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан