Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FIFA milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi (foto)
20.11.2021 20:29,  
178

FIFA rasmiy sayti noyabr oyidagi JCh-2022 saralash uchrashuvlari va rasmiy o‘rtoqlik o‘yinlaridan keyingi milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bu safar ham 84-o‘rinda qolgan. Milliy jamoamiz yozda JCh-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, bir pog‘ona pastlab 83-o‘rindan 84-pog‘onaga tushgan edi. Srechko Katanets qo‘l ostida so‘nggi uch oyda 4ta o‘yinda 3 mag‘lubiyat (Shvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir g‘alaba (Malayziya 5:1) qayd etilishiga qaramay, O‘zbekiston reytingda o‘z o‘rnini saqlab qolgan.

Osiyo mamlakatlari orasida Eron peshqadam (21-o‘rin) bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Saudiya Arabistoni (48), Qatar (51), BAA (70), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (78) va O‘zbekiston (84) qit’ada 11-o‘rinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Suriya (85), Bahrayn (90), Iordaniya (91) va Livan (94) joy olgan.

Jahon reytingida hali hamon Belgiya peshqadam – 1-o‘rin. Braziliya va Fransiya uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari o‘nlikdan joy olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан