Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FIFA prezidenti COVID-19'ga chalindi
28.10.2020 11:15,  
94

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoning koronavirusga topshirgan testi musbat natija chiqardi, deb xabar bermoqda Reuters.

Test natijalari u seshanba kuni ma’lum bo‘ldi. Infantino yengil alomatlarga ega. U o‘z-o‘zini izolyasiya qilgan va kamida o‘n kun karantinda bo‘ladi.

"So‘nggi kunlarda Infantino bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlar FIFA rahbarining koronavirusga chalingani to‘g‘risida xabardor qilingan va tegishli choralarni ko‘rishlari shart", deyiladi tashkilot bayonotida.

Infantino 2016 yilning fevralida FIFA prezidenti etib saylangan. Ushbu lavozimda u tashkilotdagi ko‘plab korrupsiya mojarolaridan so‘ng iste’foga chiqqan Jozef Blatterni almashtirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан