Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FIFA reytingida O‘zbekiston yana pastladi
19.09.2019 15:22,  
136

FIFA jahon terma jamoalarining sentyabr oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 4 pog‘ona pastladi. Endilikda O‘zbekiston 1272 ochko bilan 88-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2022 saralash bosqichi doirasida Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston mavqeiga ta’sir ko‘rsatgan.

Terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 12–o‘ringa tushib ketdi. Osiyo qit’asida Eron (23–o‘rin) yetakchi terma jamoa bo‘lib turibdi. Yaponiya (31) va Janubiy Koreya (37) kuchli uchlikka kiritilgan.

​Jahon reytingidagi yetakchilikni Belgiya milliy jamoasi 1752 ochko bilan qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda. Birinchi uchlikka Fransiya (1725 ochko) va Braziliya (1719 ochko) kiritilgan. Angliya milliy jamoasi o‘z mavqeini yo‘qotmasdan, 4-pog‘onani egallab turibdi. Portugaliya terma jamoasi nufuzli beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан