Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Filmlar ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning bir qismini qaytarish tartibi belgilandi
8.04.2021 20:14,  
42

O‘zbekiston Prezidentining " Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni bilan audiovizual asarlar yaratishda respublika hududida amalga oshirilgan xarajatlarning bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) tartibi tasdiqlandi. Ular qatoriga O‘zbekiston hududida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlar, seriallar, multfilmlar, televizion dasturlar kiradi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, rebate tizimi xorijiy va mahalliy kinokompaniyalar uchun mo‘ljallangan.

Xorijiy kinokompaniyalar uchun, agar xarajatlar summasi:

3 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz, biroq bitta film uchun 250 million so‘mdan oshmagan miqdorda;

3 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz, biroq bitta film uchun 650 million so‘mdan oshmagan miqdorda;

5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz, biroq bitta film uchun 1,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;

10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

Mahalliy kinokompaniyalarga ular tomonidan film ishlab chiqarishda to‘langan soliq summasining 50 foizi hisobot yili yakuniga ko‘ra qaytarib beriladi.

Farmonda ta’kidlanishicha, xorijiy kinoijodkorlar uchun belgilangan kompensatsiyalar respublika byudjetidan to‘lab beriladi va ushbu maqsadlar uchun har yili 20 milliard so‘m ajratiladi.

Mahalliy kinokompaniyalar ssenariysi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan mahalliy audiovizual asarlar uchun xarajatlarini qisman qoplashlari mumkin. Rebate tizimi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan filmlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, Farmonda milliy kinematografiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlarni tizimli ravishda davom ettirish, ushbu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, mamlakatda jahon tajribasi asosida kino mahsulotlarini ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek zamonaviy kino sanoati uchun infratuzilma va mamlakatda kinoprokat tizimini rivojlantirish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан