Filtrli maskalardan qancha muddat foydalanish mumkin?

Filtrli maskalardan qancha muddat foydalanish mumkin?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi yuzasidan aholi savollariga javob qaytarildi:

Savol: Filtrli maskalardan qancha muddat foydalanish mumkin?

Javob: Ko‘p qavatli niqoblar, bundan tashqari yaxshi sifatli filtrga ega bo‘lgan maxsus respiratorlar virusdan eng yaxshi himoya vositasi hisoblanadi.

Respiratorning odatiy niqobdan farqi, u yuzga nisbatan ko‘proq tegib turadi, ko‘pincha nafas chiqarish klapani bo‘ladi.

Shuning uchun respiratorlar virusga qarshi samarali hisoblanadi. Respiratorni 6 soatgacha taqish mumkin.