Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Financial Times: Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun maxfiy ravishda yordam so‘rayapti
26.03.2020 17:44,  
1686

Shimoliy Koreya rahbariyati insonlarda COVID-19 kasalligi bor-yo‘qligini aniqlash uchun kerak bo‘ladigan samarali test vositalarini yetkazib berish borasida xalqaro hamjamiyatga iltimos qildi. Bu haqda Financial Times nashri o‘z manbasiga tayanib xabar beryapti. 

Nashr qo‘lga kiritgan ma’lumotga ko‘ra, Shimoliy Koreya virusning bor-yo‘qligini aniqlaydigan test majmualariga ega va bularni qanday ishlatishni biladi. Ammo bu test majmualarining soni kamlik qilyapti. 

“Shuning uchun hukumat barcha xalqaro tashkilotlarga bu vaziyatda o‘zlariga yordam berishni so‘rab murojaat qildi”, deydi nashr manbasi. 

Financial Times’ga ma’lum bo‘lishicha, mamlakat hukumati bunday yordam maxfiy ravishda yetkazilishini so‘ragan. 

COVID-19 koronavirusi tarqala boshlagan vaqtdan buyon Shimoliy Koreya hukumati mamlakatda zararlanganlar bor-yo‘qligi haqida xabar bermagan. Nashrning ta’kidlashicha, xalqaro ekspertlar Shimoly Koreyada shu paytgacha virus bilan kasallanganlar qayd etilmaganiga shubha bilan qaraydi.

Financial Times shu o‘rinda Shimoliy Koreya o‘zining geografik joylashuvi bo‘yicha koronavirus tarqalishi muqarrar hudud ekanligini eslatib o‘tgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан