Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FinCEN sandig‘i: Ukraina, Qozog‘iston va boshqalar
22.09.2020 15:36,  
149

Xalqaro jurnalist-tadqiqotchilar ittifoqi (ICIJ) qo‘lida mavjud bo‘lgan 2 trillion dollarlik shubhali bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat Rossiya va uning oligarxlari bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu materiallarda boshqa mamlakatlarning (jumladan MDH) shov-shuvli ishlariga aloqador ko‘plab shaxslar bor.

Ukraina

Himoyachisi Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘lgan oligarx Igor Kolomoyskiyning kompaniyalari, 2012-2017 yillarda AQShdagi Privatbankdan yuz million dollar pul olib chiqqan, deyiladi materiallarda. Aynan shu pul bilan AQShda ko‘chmas mulk, shu jumladan bir nechta ofis majmualari sotib olingan. Ushbu binolarning ba’zilari AQSh Adliya vazirligi tomonidan Kolomoyskiyga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga aloqador.

Rossiya gazini Ukrainaga yetkazib berish bo‘yicha vositachilik sxemasi bilan bog‘liq bo‘lgan Dmitriy Firtash to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘z kompaniyalari orqali 2 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan, operatsiyalarning qariyb yarmi 2000-yillarda Ukrainaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Nadra banki orqali amalga oshirilgan. Sudda Avstriyadan Ukrainaga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqishda davom etayotgan Firtash vakili yana mijozning "rus mafiasi" Semyon Mogilevich bilan aloqasi yo‘qligini aytdi. Aloqalarning mavjudligi esa Amerika diplomatik hujjatlarining klassik namunasi Wikileaks'da tarqalgan.

ICIJ qariyb 250 million dollarlik transfertlarni Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyatining sobiq rahbari Andriy Klyuev bilan, shu jumladan Yanukovich 2014 yilda hokimiyatdan chetlatilgandan keyin o‘tkazilgan pul o‘tkazmalarini bog‘laydi. Klyuevning NoviRex Sales kompaniyasi orqali mablag‘larning bir qismi Donald Trampning saylovoldi shtabining sobiq rahbari Pol Manafortga maslahat uchun to‘lov sifatida berilgam. Manafort hozir qamoqda.

Qozog‘iston

Sobiq energetika vaziri va Qozog‘istonning BTA banki rahbari Muxtor Ablyazov 2008 yildan 2016 yilgacha 276 bankda 666 million dollar qiymatga ega 73 ta shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan, bu 2009 yilda Buyuk Britaniyada muzlatib qo‘yilgan aktivlardan keyingi katta qism, deya ta’kidlanadi hujjatlarda. 2012 yil oktyabr oyida Ablyazov Rossiyada ko‘chmas mulkini sotib olish uchun Kiprda joylashgan Colligate Investments orqali deyarli $5 mln. o‘tkazdi. Qozog‘istonda Ablyazov davlat mulkini o‘zlashtirgani uchun sirtdan 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sobiq FVV va mamlakatning eng yirik shahri Olmaota hokimi Viktor Xrapunov va uning oilasiga tegishli qariyb 90 million dollarlik shubhali operatsiyalar aniqlandi. Qozog‘istonda u ko‘chmas mulk uchun kim oshdi savdosi narxlarini pasaytirib, g‘aznadan yuz million dollarlarni o‘zlashtirgani uchun 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bitimlarning bir qismi uning xorijiy aktivlari allaqachon muzlatib qo‘yilgan davrda sodir bo‘lgan. Shuningdek, materiallar Xrapunovlar oilasining AQShdagi Trampning sobiq yordamchisi Feliks Sater kompaniyalari orqali ko‘chmas mulk sotib olganligini tasdiqlaydi, u ham BTA Bank ishi bo‘yicha sud jarayonlarida qatnashadi.

Boshqa mamlakatlar

ICIJ tergovi natijasida Malayziyaning 1MDB davlat jamg‘armasidan 4,5 milliard dollar olib qo‘yilishi izlari topildi. 2,5 milliard dollarlik mablag‘ BoNY,  JPMorgan va boshqa banklar orqali o‘tkazildi, operatsiyalar malayziyalik milliarder, Malayziyaning sobiq bosh vaziri Najib Razzoqning moliyachisi Lou Tek Jo kompaniyalariga tegishli bo‘lgan. Ushbu mablag‘larning o‘n millioni ko‘zga tashlanadigan iste’molga - Nyu-Yorkdagi pentxauslar va Van Gog va Klod Monening rasmlarini sotib olishga sarflandi.

 

«Putinning do‘stlari» offshor operatsiyalarda millionlab dollarlar o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан