Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Finlandiya bosh vaziri bilan uchrashuv vaqtida Merkelni yana kuchli qaltiroq tutdi
10.07.2019 17:07,  
38

Germaniya kansleri Angela Merkel Finlandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv vaqtida yana o‘zini yomon his qildi. Bu haqda N-tv telekanali xabar qilmoqda.

Merkelni yana qaltiroq tushishi aks etgan video Twitter ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Videoda Merkel va Rinne tik turgan holda nutq tinglayotgani tasvirlangan. Kutilmaganda kanslerni qaltiroq tutadi, ammo u joyidan jilmaydi. Fin hukumati rahbari bunga e’tibor bermaydi.

​Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Merkel o‘zini yaxshi his etayotgani va Finlandiya bosh vaziri bilan muzokaralar belgilangan tartibda o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etish joizki, bu bir oy ichida shunga o‘xshash uchinchi holatdir. Iyun oyida Merkelni Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda titroq bosgandi.

Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chog‘ida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi.

Angela Merkelning o‘zi jurnalistlarga salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammo yo‘qligini aytgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан