Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Firibgar qo‘lga olindi
22.02.2021 16:52,  
350

Farg‘ona viloyati IIB  Axborot xizmatining xabariga ko‘ra: firibgarlar Toshloq tumanida bilyard doskasini olib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 6.222.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, axborotda shunday deyiladi: 2020 yilning 11 noyabr kuni fuqaro U.B. IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning oktyabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, bilyard doska olib berishini va’da qilib, undan 6.222.000 so‘m pullarni olib, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro T.S.ni sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан