Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fitch O‘zbekistonning suveren kredit reytingini BB- darajada saqlab qoldi
10.10.2020 11:57,  
53

9 oktyabr kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatning suveren kredit reytingi o‘zgarishsiz BB- (barqaror) darajada saqlanib qolgan.

Suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillar qatoriga hukumatning barqaror balansi, davlat qarzining mo‘tadil darajasi va o‘sish sur’atlari keltirilgan.

Respublika kredit reytingini cheklovchi omillar sifatida institutsional va boshqaruv darajalarining zaifligi, inflyasiyaning yuqori darajasi va jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, O‘zbekiston boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, 2020 yilda iqtisodiy tanazzuldan qochadi. 2020 yil I choragining oxirida o‘sish sur’atlari 0,2 foizga pasayganidan so‘ng, o‘sish sur’ati 0,5 foizga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, fiskal tadbirlar, iqtisodiyotga iste’mol va investitsiyalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda bizning asosiy savdo sheriklarimizning iqtisodiy tiklanishi tufayli 2021-2022 yillarda respublikada iqtisodiy o‘sish 5-5,5 foizni tashkil etadi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatning yosh aholisi, yuqori miqdordagi sarmoyalar va boshqariladigan tarkibiy islohotlar dasturi inqirozdan keyingi ijobiy o‘sishga olib keladi.

Fitch shuningdek, hukumat 2017 yilda boshlangan makroiqtisodiy barqarorlik va o‘sish istiqbollarini yaxshilash, davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish, institutsional muhit va boshqaruvdagi zaif tomonlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar dasturini amalga oshirishga sodiq qoladi, deb hisoblaydi. Agentlik hukumatning bank sohasini 2025 yilgacha isloh qilish strategiyasi va 2020-2021 yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirish rejalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Agentlik shuningdek, ushbu ballar agentlikning suveren reyting modelida Jahon banki boshqaruv ko‘rsatkichlarining yuqori vaznini aks ettirishini ta’kidladi. O‘zbekiston Jahon banki boshqaruv ko‘rsatkichlari bo‘yicha past pog‘onani egallab turibdi, bu institutsional salohiyatni nisbatan zaif baholash, qonun ustuvorligining notekis qo‘llanilishi va korrupsiyaning yuqori darajasi bilan bog‘liq.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning suveren kredit reytingi (reyting prognozi bilan birga) quyidagi hollarda yaxshilanishi mumkin:

  • makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bilan birga iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish;
  • "qonun ustuvorligi", "jamoatchilik fikri va hisobdorligi", "tartibga solish sifati" va "korrupsiyaga qarshi kurash" kabi boshqaruv standartlarining sezilarli yaxshilanishi;
  • davlat moliyasining fiskal va tashqi zaxiralarining sezilarli darajada ko‘payishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан